Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 6 oydan so‘ng kuchga kiradi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 6 oydan so‘ng kuchga kiradi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 6 oydan so‘ng kuchga kiradi. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, avvalgi Kodeksdan tubdan farq qiladigan mazkur hujjatda mehnat bozoridagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan. Xususan,

Xodimlar uchun:

  • Ishga qabul qilish bosqichlari, jumladan, ishga kirish tartiblari belgilab olinmoqda;
  • Ayrim toifadagi xodimlar (rahbarlar, bosh buxgalterlar) uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirilmoqda;
  • «Xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish» asosi chiqarib tashlanmoqda;
  • Ishdan bo‘shatish nafaqasini ish beruvchida ishlagan ish stajiga qarab differensiatsiyalashgan miqdori belgilanmoqda;
  • Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga bag‘ishlangan normalar kiritilmoqda;
  • Dam olish kunini davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda ko‘chirish qoidasi kiritilmoqda;
  • Mehnat ta’tilining minimal davomiyligi kalendar kunlarda (15 ish kuni o‘rniga 21 kalendar kuni) belgilanmoqda.

Ish beruvchilar uchun:

  • Muddatli mehnat shartnomasini tuzish asoslari sezilarli darajada kengaytirilmoqda;
  • Muddatli mehnat shartnomasi muddati bir martalik uzaytirish huquqi bilan 5 yildan 3 yilgacha qisqartirilmoqda;
  • Xodimni boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda;
  • Ish beruvchi tomonidan ish vaqti rejimining turli xil variantlarini belgilash mexanizmi joriy etilmoqda;
  • Ish beruvchi tomonidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish va ishdan chetlashtirish tartibga solinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun kuchga kirishi bilan 1995-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonun o‘z kuchini yo‘qotadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring