Yangi o‘rnatilgan 60 km/s tezlik uchun jarimalar yozish qachondan boshlanishi aytildi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Azizxon Murodov ishtirokidagi brifingda Respublika bo‘ylab o‘rnatilgan yangi qoida – 60 km/s tezlik uchun jarimalar yozish qachondan boshlanishi aytildi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakiliga ko‘ra, yangi o‘rnatilgan tezlik me’yoriga rioya qilmagan qoidabuzar haydovchilarni jarimaga tortish belgilangan ko‘chalar xatlovdan o‘tkazilib, tegishli yo‘l belgilari bosqichma-bosqich o‘rnatilganidan, ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslashtirilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
«Ko‘chalarda taqiqlovchi belgilar o‘rnatilishi bo‘yicha doimiy ommaviy axborot vositalarida va rasmiy saytlar orqali fuqarolarimiz va jamoatchilikka ma’lumotlar berib boriladi», – deydi Murodov.
Shuningdek, bugungi kunda ham harakat ishtirokchilari ushbu yangi joriy qilingan tartibga amal qilib harakatlanishlari lozim bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter