Yana bir toifa kishilarga o‘qishga kirish uchun imtiyoz beriladi
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalaridagi «Ijtimoiy ish» mutaxassisligi bo‘yicha ayrim toifa kishilar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bu haqda Hukumatning joriy yil 14-oktyabrda imzolangan «Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yildi.
Qarorga muvofiq, 2024/2025-o‘quv yilidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘tkaziladigan «Eng faol ijtimoiy xodim» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan ijtimoiy xodimlar davlat oliy ta’lim muassasalariga «Ijtimoiy ish» mutaxassisligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
ShUningdek, 2024-yil 1-yanvardan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba o‘rganiladi va o‘rganish ma’lumotlari «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali yuritib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter