Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning oxirgi 6 oylik qarzidan kechib yuboriladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning oxirgi 6 oylik qarzidan kechib yuboriladi

2023-yil 1-iyun holatiga oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan shakllangan qarzi, unga hisoblangan penya hamda jarimalar hisobdan chiqariladi.

Bu haqda Prezidentining joriy yil 14-iyundagi PQ-192-son qarorida belgilab qo‘yildi.

Qarorga muvofiq 2023-yil 1-iyun holatiga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk ob’yektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari ham kechib yuboriladi.

Shu bilan birga 2023-yil 1-iyun holatiga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun qo‘llanilgan jarimalar ham hisobdan chiqariladi.

Belgilanishicha, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring