Xorijiy valyuta oldi-sotdisida cheklov o‘rnatilmagan – Markaziy bank
Ijtimoiy tarmmoqlarda O‘zbekiston banklari chet el valyutasini sotib olishga cheklov joriy qilgani, jumladan, yirik banklar va filiallarda bu cheklov 1,5 ming dollarni, kichiklarida esa 500 dollarni tashkil qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabar.uz mazkur ma’lumotga aniqlik kirtish uchun bog‘langan Markaziy bank mutaxassisiga ko‘ra, ayni vaqtda jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklari orqali chet el valyutasini sotib olish va sotish, shuningdek, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda.
«Markaziy bank tomonidan hech qanday cheklov o‘rnatilmagan. Agar fuqarolarimiz banklarda shunday faktlarni aniqlagan bo‘lishsa, o‘sha bank ma’muriyatidan izoh so‘rashlari mumkin.
Mutaxassislarimiz biz tomondan bunday ko‘rsatma bo‘lmaganini aytishdi», – deydi MB Matbuot kotibi Akmal Nazarov tijorat banklarining o‘z faoliyatlarini tashkillashtirishda mustaqil ekanligini ta’kidlab.
«Naqd xorijiy valyutaning vaqtincha taqchilligi tijorat banklarining uzoqdagi filiallariga naqd pul belgilarining logistikasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin», –deb qo‘shimcha qildi Nazarov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter