Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Himoya orderini mensimaslik oqibati

Himoya orderini mensimaslik oqibati

Xorazm viloyati Xiva tumanida himoya orderini mensimagan ota va amakiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Gap shundaki, Xiva tumanida yashovchi voyaga yetmagan N.Q. (ayol)ning tuman IIB tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun beriladigan himoya orderi bo‘lishiga qaramay ichkilikni kasb qilgan otasi va amakisi unga ruhiy zo‘ravonlik o‘tkazishda davom etgani aniqlandi.

Jabrlanuvchi sudga murojaat qilib, otasi unga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlar qilishni, haqoratlashni davom ettirayotganini va amakisi janjal ko‘tarib, o‘ldirishini aytib tahdid qilganligini ma’lum qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudida tomonlar va guvohlarning ko‘rsatmasi eshitilib qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra Sh. Qodirov va J. Qodirovlarning tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslikda ifodalangan huquqbuzarligi surishtiruv organi tomonidan MJtKning 2061-moddasi bilan to‘g‘ri malakalangan deb hisoblandi.

Sud ayblanuvchilarning oilaviy, moddiy ahvolini va boshqa holatlarni inobatga olib, MJtKning 245, 309, 310, 311-moddalarini qo‘llab, MJtKning 2061-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi.

Sh. Qodirov va J. Qodirovga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, ma’muriy qamoqning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi qiymatida qamoq xarajatlari undirilishi belgilandi.

 Dildora PO‘LATOVA,

jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi sudyasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring