Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi

Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi

Xorazm viloyati Shovot tumanida 1961 yilda tug‘ilgan erkak 1990 yilda tug‘ilgan kelini bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Natijada qaynota oshxona pichog‘i bilan kelinining ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayblanuvchi shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring