Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaylida «komissiya uchun» o‘qituvchilardan pul yiqqan direktor ishdan bo‘shatildi

Xo‘jaylida «komissiya uchun» o‘qituvchilardan pul yiqqan direktor ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabi direktori P.A. o‘zi Toshkent shahrida bo‘la turib, «komissiya uchun» degan vaj bilan o‘qituvchi va texnik xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yig‘dirgani haqida xabar tarqaldi.

Xo‘jayli tumani prokuraturasining mazkur holat yuzasidan olib borgan o‘rganishlarida aniqlanishicha, haqiqatda joriy yilning 10-fevral kuni 21-maktabning direktori P.A. ning topshirig‘iga asosan, maktab o‘qituvchisi D.R. tomonidan 16 nafar o‘qituvchidan 320 ming so‘m yig‘ib olingan va direktorga berilgan. Direktor P.A. ning o‘zi esa 18 nafar o‘qituvchidan 360 ming so‘m yig‘ib olib, jami 680 ming so‘m pul yig‘ilgan.

Maktab direktori P.A. o‘z ko‘rsatmasida ushbu pullar maktabdagi bannerlarni yangisiga almashtirish uchun yig‘ilganini, yig‘ilgan pullar amalda hech qayerga ishlatilmasdan, o‘qituvchilarga yana qaytarib berilganini bayon qilib o‘tgan.

Bir guruh o‘qituvchilar pullarni yig‘ilish sabablari haqida P.A. bergan ko‘rsatmalarni tasdiqlashgan, bir guruhi esa yig‘ilgan pullar kelgan komissiyani tushlikda ovqatlantirish bahonasida yig‘ilganligini bayon qilishgan.

2023-yil 24-fevral kunii P.A. o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan va shunga asosan lavozimidan ozod qilingan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring