Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat ko‘rsatish sohasi: aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga talab ortgan

Xizmat ko‘rsatish sohasi: aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga talab ortgan

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti 2022-yilda O‘zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishini o‘rganib chiqdi.

O‘rganishlarga ko‘ra, xizmatlar sohasidagi o‘sish 2021-yildagiga nisbatan 15,9 foizni  tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich asosan aloqa va axborotlashtirish, ta’lim, yashash va ovqatlanish, ko‘chmas mulk, ijara, transport hamda moliyaviy xizmatlar kabi yo‘nalishlardagi sezilarli o‘sish (12-29,5 foiz) hisobiga ta’minlandi.

Aholining real daromadlari yuqori bo‘lgan Toshkent shahri bilan bir qatorda, Namangan, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham xizmatlar sohasida yuqori o‘sishga erishildi. Butun mamlakatdagi kabi bu hududlarda ham asosan moliyaviy xizmatlar hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga talab yuqori bo‘ldi.

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rtacha o‘sishi su’rati (12,5 -13 foiz) biroz pasaydi. Bunga mazkur hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan savdo va transport xizmatlarining (jami xizmatlar hajmidagi ulushi mos ravishda 50,6 foiz va 38,2 foiz) o‘sishidagi sekinlashish sabab bo‘di.

Mamlakat hududlarida xizmatlar sohasida qanday tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi?

Birinchidan, 10 ta hududda YaHM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi ortishi ta’minlandi (YaIM tarkibidagi ulushi 2021-yildagi 39,6 foizdan 2022-yilda 41,5 foizga ortdi).

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasida YaIM tarkibida xizmatlarning ulushi 68 foiz, Qozog‘istonda 64 foiz, Belarusda 59 foiz, Janubiy Koreyada 60 foiz va rivojlangan davlatlarda 74 foizdan yuqori.

Hududlararo tafovutlarni (Toshkent shahrini hisobga olmaganda) 2 barobardan 1,9 barobargacha qisqartirishga erishildi.

Aksariyat hududlarning (8 ta hudud) respublika bo‘yicha xizmatlar hajmidagi ulushi (Toshkent shahrini hisobga olmaganda) ortdi.

Hududlarda xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi qanday?

Mamlakatning ko‘pgina hududlarida (7 ta hudud) aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 5-6 mln so‘m oralig‘ida bo‘lib, Navoiy, Toshkent va Buxoro viloyatlarida bu ko‘rsatkich 7,9-10,0 mln. so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahri 47,2 mln. so‘mlik ko‘rsatkich bilan bu yo‘nalishda ham yetakchi mavqega ega.

Umuman olganda, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bir tomondan, bandlikni, shu jumladan, o‘z-o‘zini band qilish va aholi daromadlarini oshirishning asosiy omili hisoblansa, boshqa tomondan, hududlar iqtisodiy rivojlanishining potensial drayveri bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring