Xivada tovlamachilik qilgan kadastr xodimi ushlandi (video)
Davlat kadastrlari palatasining Xiva tuman filiali xodimi o‘zining qaynotasi nomida bo‘lgan 4 ming kv. metr yer maydoni 2021 yilda xaridorga notarial tartibda sotilganligini bila turib, tovlamachilik jinoyatini sodir etgan. Ya’ni u go‘yoki ushbu yer maydonida o‘zining ham ulushi bo‘lganligini ro‘kach qilib, yerni sotib olgan fuqarodan o‘z ulushi sifatida 60 ming AQSh dollar talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni tanishi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, yana bir holatda DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirda “Xorazm yo‘l qurilish” MChJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs ham jinoyat ustida qo‘lga olingan.
U Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr yer maydoniga hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan, asfalt yotqizib berish evaziga korxona rahbaridan 1 mlrd 306 mln so‘m talab qilgan va shundan 48 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter