Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l loyihasiga doir hujjat imzolandi 

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l loyihasiga doir hujjat imzolandi 

Bugun, 18-may kuni Xitoyning Sian shahrida XXRning taraqqiyot va islohotlar Davlat qo‘mitasi, Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston transport vazirligi o‘rtasida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha keyingi bosqichlarni nazarda tutuvchi uch tomonlama hujjat imzolandi. 

Hozirga qadar tomonlar «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslarini uch tomonlama qo‘shma baholash ishlarini amalga oshirgan. Keyinchalik esa ekspertiza o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur hujjat esa ushbu loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilab, qurilish loyihasini ishlab chiqish, investitsiyalar va moliyalashtirish modelini o‘rganish va aniqlashni o‘z ichiga oladi. 

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Sharqiy Osiyodan yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlariga bo‘lgan yo‘lni taxminan 900 km, yuk yetkazib berish muddatlari esa 7-8 sutkaga kamaytiradi.

Dastlabki prognozlarga ko‘ra,  yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnani tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring