Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy o‘zbekistonliklarning mamlakatga kirish tartibini soddalashtirmoqchi

Xitoy o‘zbekistonliklarning mamlakatga kirish tartibini soddalashtirmoqchi

Xitoy o‘zbekistonliklarning mamlakatga kirish tartibini soddalashtirmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotida aytiladi.

«Tomonlar 2019-yilda imzolangan «Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ishbilarmon doiralar vakillari uchun viza berish tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risida»gi Bitim ikki tomonlama iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun keng istiqbollarni ochib berganini ta’kidladilar.

Ikki tomon ham o‘zaro kadrlar almashinuvini ilgari surish darajasini oshirishga tayyor.

Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga 10 kunlik vizasiz kirish siyosatini yuqori baholaydi va O‘zbekiston fuqarolarining Xitoyga kirishini osonlashtirish choralarini ko‘rishga tayyor», – deyiladi hujjatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring