Xitoy aviakompaniyasi Toshkent bilan yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Xitoyning «Loong Air» aviakompaniyasi Siyan — Toshkent — Siyan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 2023-yil 10-fevralga mo‘ljallangan. Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, «Loong Air» — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, yo‘lovchi va yuk havo tashuvlarini amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter