Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik 4 yilda 2 barobarga ortgan
So‘nggi yillarda voyaga yetmaganlar hamda xotin-qizlarning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar soni ortib borayotgani ma’lum qilindi.
Xususan, 2019-yilda 16 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilishda aybli deb topilganlar soni 99 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda – 153, 2021-yilda – 216, 2022-yilda – 238 nafarni tashkil etgan.
14 yoshga to‘lmagan bola bilan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqaga kirishish jinoyatini sodir etganlar soni esa 2019-yilda – 52, 2020-yilda – 35, 2021-yilda – 57, 2022-yilda – 73 nafarni tashkil etgan.
Internetda bolalar pornografiyasini targ‘ib qiluvchi saytlar esa 2013-yildan 2017-yilga qadar 7 baravar oshib, 18,4 milliontani tashkil etgan.
Oilaviy zo‘ravonliklar bo‘yicha esa 2021-2022-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 72 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 61 mingdan (85 foizdan) ortig‘i xotin-qizlarni kamsitilishiga taalluqli bo‘lgan.
Voyaga yetmagan farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik holati bo‘yicha 2021-yilda 5,3 mingdan ortiq fuqaro ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 8,7 mingdan ortgan.
2022-yilda ilgari himoya orderi berilgan xotin-qizlarning 12 nafari takroran zo‘ravonlikka uchragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter