Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda Tojikistondan olib o‘tilgan qariyb 1 kilo geroin topildi. Egasi qidirilyapti (video)

Urgutda Tojikistondan olib o‘tilgan qariyb 1 kilo geroin topildi. Egasi qidirilyapti (video)

Giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bir nechta noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.

Jumladan, o‘zbek-tojik davlat chegarasining Samarqand viloyati Urgut tumani Chep qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida, noma’lum shaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan olib kelinib, qoldirib ketilgan 980 gr «geroin» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda ushbu giyohvandlik vositasi egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda, Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs tarkibida «Pregabalin» kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 30 ming dona «Nervegesic» nomli dori vositasini Qirg‘iz Respublikasidan davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazgan vaqtida ushlandi.

Bunday qonunbuzilishi Namangan viloyatida ham qayd etilib, unda 3 121 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan Kosonsoy tumani hududiga o‘tkazgan vaqtlarida 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.Shuningdek, ularning 1988 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar jinoiy sheriklari ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring