Toshkentning yangi hokimi birinchi bo‘lib Ortiqxo‘jayevning yordamchisini ishdan bo‘shatdi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonovning birinchi imzolagan qarori shu kunga qadar sobiq hokim Ortiqxo‘jayevga yordamchi bo‘lib kelgan Muzaffar Abdurahmonov bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida bo‘ldi.
«Toshkent shahar hokimining yordamchisi Abduraxmanov Muzaffar Mirzaraximovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘z xohishiga ko‘ra 2023-yil 13-yanvardan bekor qilinsin», – deyiladi qaror matnida.
Shuningndek, hokimlik buxgalteriyasiga M.Abduraxmanov bilan ishlagan davrlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qilish topshirilgan.
Mazkur qarorga asos sifatida esa Abduraxmanovning o‘z arizasi ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, hozircha sobiq hokim Halq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati hamda senatorlik rutbalarini saqlab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter