Toshkentning «yer usti» metrosi bir kunga to‘xtatiladi
2023-yil 18-fevral kuni metro temir yo‘llarida bajarilishi lozim bo‘lgan texnik ishlarning so‘nggi bosqichini amalga oshirish maqsadida metropolitenning «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati bir kun davomida to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshkent metroploiteni» xabar bermoqda.
Korxona metro foydalanuvchilaridan keltirilgan noqulaylik yuzasidan uzr so‘ramoqda.
Shuningdek, «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishi 19-fevral sanasidan doimiy jadval asosida o‘z harakatini davom ettirishi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter