Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga tramvayni fransuzlar «qaytaradi»

Toshkentga tramvayni fransuzlar «qaytaradi»

Toshkentda tramvay tizimini fransuzlar loyihalashtiradi. Bu boradagi kelishuv O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga tashrifi doirasida imzolangan.

Xabar berilishicha, Toshkent tramvay tizimi loyihasi bo‘yicha kelishuv O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Fransiya Tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazirligi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.

Unga ko‘ra, Toshkentda tramvay tizimi tajribali fransuz transport kompaniyasi tomonidan loyihalashtiriladi. Hozirda 3 ta yo‘nalish rejalashtirilmoqda. Eng avvalo «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha tramvay liniyasi olib borish bo‘yicha loyiha ishlari boshlanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring