Toshkentdagi «mis zavodi»da gaz portlashi oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Bugun, 14 iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani «Astrobod» ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga zudlik bilan FVV rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
«Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda», – deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter