Toshkentdagi «Milliy kutubxona» uzluksiz ishlash tartibiga o‘tadi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi joriy yil 1-noyabrdan haftasiga yetti kun, sutkasiga 24 soat ishlash tartibiga o‘tadi. Bu haqda kutubxona direktori o‘rinbosari Nasiba Xoldorova ma’lum qilgan.
– Kutubxonadan foydalanuvchilarning talablaridan kelib chiqdik. Yangi tartibga o‘tish haqida uzoq muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa Prezident qarori bilan uzluksiz ishlash tartibiga o‘tyapmiz, — dedi Xoldorova.
Ayni paytda vazirlik va idoralar bilan jarayonni rasmiy yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda. Xususan, xodimlarning tungi ish vaqti, mehnat tartibi va maosh to‘lash kabi masalalarni hal etish choralari ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Milliy kutubxona ish kunlari soat 8:00 dan 21:00 ga qadar, dam olish (shanba va yakshanba) kunlari esa 9:00 dan 17:00 ga qadar kitobxonlarni qabul qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter