Toshkentda tadbirkorlar «quyosh paneli» o‘rnatishga majburlanayotgani aytilgandi: rasmiy izoh berildi
Ayrim internet nashrlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida tadbirkorlar ommaviy elektr tokidan uzilayotganligi hamda majburiy ravishda muqobil energiya manbalarini o‘rnatishi talab etilayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasi mazkur holat yuzasidan rasmiy tushuntirish berdi.
Unda aytilishicha, Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi «2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-57-sonli, 2024-yil 31-maydagi «Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-222-sonli qarorlariga asosan mamlakat bo‘ylab tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘z ehtiyojining ma’lum qismini muqobil energiya manbalaridan ishlab chiqarish belgilangan.
Bu borada ayni paytda soliq va boshqa imtiyozlar berilgan bo‘lsada ayrim tadbirkorlar tomonidan bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi sababli tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan ogohlantirish xatlari yuborilgan.
«Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xabarlarda keltirilganidek, elektr tarmoqlari tomonidan tadbirkorlar tomonidan muqobil energiya manbalarini o‘rnatish ishlari majburiy ravishda amalga oshirilmayotganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi kompaniya munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter