Toshkentda noqonuniy qurilgan tashqi reklama konstruksiyalari majburiy buzib tashlanadi
Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlarni Hukumatning 2023-yil 31-avgustdagi 428 son qarori bilan poytaxtdagi tashqi reklama konstruksiyalari uchun berilgan reklama joyining pasportini yangilashlari haqida ogohlantirmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 2024-yil 1-iyunga qadar reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun YaIDXP axborot tizimi orqali ariza topshirilishi kerak. Bunda ko‘rsatilgan muddatda yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun ariza topshirilmaganda taqdirda ushbu pasportlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Hokimlik, shuningdek, Toshkent shahridagi noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot ob’yektlari (konstruksiyalari)ni majburiy tartibda demontaj qilish ishlari amalga oshirilishini ham ma’lum qilgan.
Noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot ob’yektlari (konstruksiyalari)ni demontaj qilish ishlarini 2024-yil 31-dekabrga qadar yakunlash reja qilinyapti.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ demontaj qilinishi kerak bo‘lgan tashqi reklama va axborot obektlari (konstruksiyalari)ni majburiy tartibda elektr tarmog‘idan uzish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, reklama bozori shaffofligini ta’minlashga qaratilgan «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter