Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda havoni ifloslantirayotgan somsaxona jarimaga tortildi

Toshkentda havoni ifloslantirayotgan somsaxona jarimaga tortildi

Toshkent shahrida havoni ifloslantirayotgan somsaxona jarimaga tortildi. Bu haqda Poytaxt ekoboshqarmasi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, holat boshqarma inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilgan.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, Chilonzor tumani 3-mavze, 53-sonli aholi yashash xonadonlari oldida fuqaroning huquqbuzarlik sodir etgani aniqlangan va unga nisbatan Chilonzor tumani ekologiya bo‘limi davlat inspektori tomonidan MJtKning 95-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilangan.

Ma’lumot uchun, MJtKning 95-moddasi tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlikka doir huquqbuzarlikni ko‘zda tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring