Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda fuqaroning yuzini kesib qochgan fuqaro qidiruvga berildi

Toshkentda fuqaroning yuzini kesib qochgan fuqaro qidiruvga berildi

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida erkakning yuzini kesgan qashqadaryolik fuqaro qidiruvga berildi.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2022-yilning 2-iyul kuni Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida ikki erkak o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda 1986-yilda tug‘ilgan M.B. qo‘ldagi pichoq bilan A. ismli fuqaroning yuz qizmini kesib yuboradi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan 277-modda 2-qismi «v» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ayblanuvchi qidirilayotgani ma’lum qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring