Toshkentda fuqaro 8 kishining nomiga kredit olib pullarni «uxlatib» ketdi
Toshkent shahrida fuqaro 8 nafar kishining ishonchiga kirib, ularning nomiga rasmiylashtirilgan kredit mablag‘larni o‘zlashtirib ketgan.
Aniqlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar Mirobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «G.G.» MChJ rahbari G‘.L. 8 nafar fuqaroni o‘zi rahbarlik qilayotgan korxonaga ishga qabul qilishga ishontirib, ularning nomiga hududiy tijorat banki filialidan jami 176 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
Shuningdek, Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari yordamida 4 200 AQSh dollari evaziga Polsha davlatiga ishga yuborishga kelishib, shundan 300 AQSh dollari va 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter