Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «ekspress-avtobus»lar uchun alohida yo‘laklar tashkil qilinadi

Toshkentda «ekspress-avtobus»lar uchun alohida yo‘laklar tashkil qilinadi

Toshkent shahrining Amir Temur, Shaxrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezkor avtobuslar harakatlanishi uchun alohida ajratilgan avtobus yo‘laklari tashkil qilinadi.

Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, shuningdek, ushbu ko‘chalarda joylashgan chorrahalarda svetoforlarining muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etiladi va chorrahalarning geometrik parametrlarini o‘zgartirish orqali samaradorligi oshiriladi.

Yo‘nalishsiz taksi uchun esa yo‘lovchilarni tushurish (chiqarish) maydonchalari joriy etiladi.

Ehtiyojdan kelib chiqib, yo‘l transport hodisalari tahlili asosida tartibga solingan piyodalar o‘tish yo‘laklarini joriy qilinib, svetoforlarning muvofiqlashtirilgan tizimiga integratsiya qilinadi.

Poytaxt ko‘chalaridagi jamoat transportini yaxshilashga qaratilgan mazkur tadbirlar, hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023-yil yakuniga qadar to‘liq tugatilishi kerak. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring