Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayol uyidan «bosib» olib ketilgan. Poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi

Toshkentda ayol uyidan «bosib» olib ketilgan. Poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida sodir bo‘lgani aytilgan voqea – IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10-avgust kuni N.B. va Z.A. Shayxontohur tumani Jangoh mavzesida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzishgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro N.B. chaqirilgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimining IIBga ko‘rsatilgan muddatda kelish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini bajarmagan. Yuqoridagi holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan. Biroq, N.B. bir necha marotaba sud tomonidan chaqirtirilgan bo‘lishiga qaramasdan sababsiz sud majlisiga kelmaganligi sababli uni majburiy keltirish qarori chiqarilgan.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni fuqaro N.B. IIO xodimlari tomonidan majburiy tartibda sudga olib ketilayotganligi holati videoda aks etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan fuqarolar N.B. va Z.A.larga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Xodimlarning harakati yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring