Toshkentda 12 yoshli qizni o‘ldirgan pedofilning ishi sudga oshirildi
Yangihayot tumanida sodir etilgan 12 yoshli qizning qotilligi bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v,z» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter