«Yangi Angren IES» korxonasi yetkazib beradigan ichimlik suvi narxini qariyb 4 barobarga oshirdi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvining yangi tariflarini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, yangi tariflar «Yangi Angren IES» atsionerlik jamiyati tomonidan yetkazib beriladigan ichimlik suviga amal qiladi.
Viloyat hokimi Z.Mirzayev imzolagan mazkur qarorga muvofiq iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari:
- Aholi iste’moli uchun 1 metr kub – 840 so‘m (QQS bilan)
- Ulgurji iste’molchilar uchun 1 metr kub – 840 so‘m (QQS bilan) etib belgilandi.
Yangilangan tariflar 2024 yil 10 iyundan boshlab kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, amaldagi narxlar 1 kub metr uchun 224 so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter