Toshkent viloyat hokimligi Mo‘ynoqqa 100 milliard ajratadi
Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi e’lon qilindi.
«Mo‘ynoqqa madad» loyihasi bo‘yicha, viloyat hokimi iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi kam ta’minlangan, nogironligi bor, ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash, avariya holatidagilarini yangidan qurish ishlari uchun 2 milliard so‘m mablag‘ ajratdi.
Hokimlikning «Yagona buyurtmachi xizmati» injinering kompaniyasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Mo‘ynoqda o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, 800 ga yaqin uy-joylar qurilishi va ta’mirlanishi belgilangan.
Shundan 12 ta mahallada bugungi kunda 142 ta yangi namunali uylar bunyod etilmoqda.
Mazkur ishlar uchun 98 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter