Toshkent shahrida ikki ko‘chaning bir qismi vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 15-iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ikki ko‘chaning bir qismida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati cheklanadi.
Jumladan, Temur Malik – Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Malik – Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha hamda Temur Malik – Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab, Buyuk Ipak yo‘li – Shukur Burxonov ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l harakat uchun yopiladi.
Aholidan yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas