Toshkent metrosi bayram kuni yo‘lovchilarga 21 soat uzluksiz xizmat ko‘rsatadi

«Toshkent metropoliteni» DUK yangi yil bayrami kunlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladigan harakat jadvali haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bayram munosabati bilan poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Toshkent metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar soat tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ya’ni, shu kuni metro bekatlari ish vaqti odatdagidan 2 soatga uzaytiriladi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter