Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent havosida yana yuqori ifloslanish kuzatildi. Mutaxassis sabablarini ko‘rsatmoqda

Toshkent havosida yana yuqori ifloslanish kuzatildi. Mutaxassis sabablarini ko‘rsatmoqda

Toshkent shahridagi havo sifatini monitoring etuvchi markazlar shahar havosida yuqori ifloslanish kuzatilayotganini qayd etdi.

Soat mahalliy vaqt bilan 9:00 da poytaxtda havo sifati 169 darajani qayd etgan. Asosiy ifloslanish PM2.5 zarrachasining havo tarkibida JSST belgilagan me’yordan 18 barobarga ko‘paygani bilan izohlangan.

Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov havo ifloslanishining manbalarini tushuntirishga harakat qiladi.

Uning taxminlariga ko‘ra, 12-14 dekabr kunlari kuchli sovuqda gaz bosimi pasayishi hisobiga shahardagi issiqlik markazlari qozonxonasida qo‘shimcha mazut yoqilg‘isidan foydalanilgan. Oldinlari qozonxonalarda bu kabi yoqilg‘i xizmatidan foydalanilmagan.

Bu kabi yoqilg‘i resurslari yoqilishidan ajralgan tashlamalar (tutun) poytaxt havosini qo‘shimcha ifloslanitirgan bo‘lishi mumkin.

«Ikkinchidan, hozir poytaxtda xarakatlanayotgan avtomobillar metan yoqilg‘isidan AI-80 benzinga keng masshtabda o‘tgan va bu havoga gaz yonganidan ko‘ra ko‘proq iflos tashlamalarni chiqaradi.

Uchinchidan, ob-havo sharoiti va shamol yo‘nalishlari omili. Antitsiklon davrida havoda kuchli xiralik ham «datchik» uzatgan aksnur ob’yektiga aylanib, go‘yoki ifloslanishni berib yuborishi mumkin. Ammo, uning uchun qalin tuman hodisalari bo‘lishi kerak», – deb yozadi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring