Toshkent aeroportidagi terminalda yo‘l kameralari «jarima yozish»ni boshlaydi

Endilikda «Toshkent-3» terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi.
Xabar qilinishicha, ayni paytda Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini Respublika yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda.
2024 yil 15 maydan boshlab esa tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.
Eslatilishicha, terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter