Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘ra Bobolovga tegishliligi aytilgan audio tarqaldi. Bosh prokuratura holatni o‘rganmoqda (audio)

To‘ra Bobolovga tegishliligi aytilgan audio tarqaldi. Bosh prokuratura holatni o‘rganmoqda (audio)

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Angor tumani prokurori bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti, deya aytilayotgan audiosuhbat turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Bosh prokuratura mazkur holatga e’tibor qaratib, audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilayotganini ma’lum qildi. 

Surxondaryo viloyati hokimligi ham mazkur holatga munosabat bildirib, audiomaterial joriy yilning fevral oyida hokimlik soatida bo‘lib o‘tgan muhokamadan kesib olinib, boshqacha talqin qilinayotganini aytmoqda.

«Asl holatda yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investitsiya, eksport va soliq tushumlari bo‘yicha yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Shu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo‘lgan», – deyiladi hokimlik munosabatida.

Hokimlik, shuningdek, ushbu audioning yig‘ilish jarayonidan kesib olinib montaj qilinganini iddao qiladi va o‘rganishlar natijasida holat qonunga xilof deb topilsa, «qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishiga tayyor» ekanligini ma’lum qiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring