Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qqiz viloyatning «zamhokim»i hayfsan oldi

To‘qqiz viloyatning «zamhokim»i hayfsan oldi

«Yangi O‘zbekiston» massivlarida uy-joy qurilishi muhokamasiga oid boshlangan yig‘ilishda Prezident Mirziyoyev qator hududlarni bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani uchun tanqid qildi.

Jumladan, bu boradagi ishlar Andijon va Xorazmda yaxshi ketayotgani ta’kidlanib, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryodagi massivlarda hokimlarning e’tiborsizligi oqibatida birorta uy foydalanishga topshirilmagani aytildi.

«Yangi O‘zbekiston» massivlari bo‘yicha Farg‘onada 80 ta, Samarqandda 36 ta, Toshkent viloyatida 15 ta, Namanganda 14 ta uyni foydalanishga topshirish cho‘zilib ketayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati hokimlarining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari, Markaziy bankning viloyat bo‘linmalari rahbarlariga hayfsan e’lon qilindi va vaziyatni o‘zgartirish uchun bir oy muhlat berildi.

Umuman, 2023-yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, 31 ta «Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish dasturi 2022-yilda boshlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring