«Tolibon» vakillari O‘zbekiston rasmiylari bilan chegara muammolarini muhokama qildi
«Tolibon»ning Chegara va qabilaviy ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga safar qilib, O‘zbekiston rasmiylari bilan chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qildi. Bu haqda «Khaama Press» xabar bermoqda.
Muloqot asosan chegarada duch kelinayotgan muammolar haqida borgan.
Qayd etilishicha, «Tolibon» vakillari terrorchi guruhlarni Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonga qarshi foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikga va’da bergan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, so‘nggi ikki yil ichida Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonga bir necha raketa uchirilgan. Hujumlar uchun javobgarlikni «Islomiy davlat» (IShID) jangarilari o‘z zimmasiga olgan.
Bundan tashqari, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) minglab IShID jangarilari Afg‘onistonning shimoliy chegaralarida joylashgani, bu Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligi uchun jiddiy tahdid ekanligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. «Tolibon» rasmiylari esa bunday da’volarni rad etib, ularni Afg‘onistonning qo‘shnilari bilan munosabatlariga putur yetkazishga qaratilgan tashviqot va asossiz da’volar deb atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter