«Tez yordam»da uyiga suv tashigan haydovchi jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Damas» rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasiga ichimlik suvi to‘ldirilgan idishlar ortilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.
SSV Matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirib, tasvirdagi davlat raqami 25 106 LAA bo‘lgan tez tibbiy yordam avtomashinasi Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joylashgan 2-son oilaviy poliklinikaga biriktirilgan avtotransport vositasi ekanligini, voqea esa joriy yil 1-avgust kuni, haydovchi J.Sh. navbatchiligida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Haydovchi J.Sh. shu kuni oilaviy poliklinikadan uncha uzoq bo‘lmagan yashash xonadoniga o‘ziga biriktirilgan «Tez yordam» avtomashinasida suv olib borgan. Haydovchi ichimlik suvini poliklinika oldidagi vodoprovod kranidan olayotgan vaqtda binoga o‘rnatilgan videokamera tasviriga tushib qolgan.
Ushbu holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar yakunida o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan J.Sh. lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter