Terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik ota-o‘g‘il qidiruvga berildi
«Yagona xalifalik davlati» qurish niyatida xorijga chiqib ketgan kelgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2006 yilda 57 yoshli erkak T.M. Toshkentdagi sheriklari bilan birga vahhobiylik diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lgan. Ular jamoat yig‘ilishlari tashkil etib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyotlardan ta’lim olib, Yer yuzida yagona xalifalik davlati barpo etish maqsadida da’vatlar qilib kelgani aniqlangan.
2007 yilda noqonuniy jamoat tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilganidan so‘ng erkak jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib, 1992 yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.H. bilan Turkiyaga chiqib ketgan. 2015 yilga kelib u o‘g‘li bilan birga Suriyaga borib, «Islom davlati» xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan. 2018 yilda ular boshqa xalqaro terrorchilik tashkiloti — «Tavhid va jihod katibasi»ga a’zo bo‘lgan.
Ushbu ota-o‘g‘ilga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qidiruvga berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter