Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashabbusli budjet amaliyoti uchun kelgusi yili 10 trln so‘m ajratiladi 

Tashabbusli budjet amaliyoti uchun kelgusi yili 10 trln so‘m ajratiladi 

Tashabbusli budjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 10 trillion so‘m ajratiladi.

Bu haqda  joriy yil 11-sentyabr kuni imzolangan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.

Shundan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi «Tashabbusli budjet» loyihasining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan jami 1666 ta loyiha uchun 1,6 trln so‘mga yaqin, 2 mavsum g‘oliblari uchun esa tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi aytilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring