Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixiy bilaguzuklarni O‘zbekistondan olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Tarixiy bilaguzuklarni O‘zbekistondan olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Xorazm viloyatidagi «Shovot» chegara bojxona postida 2 dona qadimiy bilaguzukni yashirincha olib chiqishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi.

«Yashil» yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi 520 grammdan ziyod og‘irlikdagi bilaguzuklarni qo‘l yuki orasida olib chiqishga uringan.

San’atshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra – nikel, mis, kalay va kumush aralashmasidan qo‘ldan ishlangan ushbu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub bo‘lib, tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha, Shovot tuman sudining qaroriga asosan qadimiy ashyolar davlat egaligiga o‘tkazildi va Xiva «Ichan-qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirildi.

Ma’lumot uchun, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonun hamda «Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring