Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik belgilashga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi
Ochiq muloqotda, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Davlat rahbari mazkur masalani ham alohida yo‘nalish sifatida sanab o‘tib, tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter