Surxondaryoda fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlagan bank xodimlari ushlandi
IIV Kiberxavfsizlik markazi Surxondaryo viloyatida fuqaroga tegishli bank kartasidan pullarning jinoiy yo‘llar bilan yechib olinganlik holati yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro O.S. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o‘ziga tegishli bo‘lgan «Humo» bank kartasidagi jami 48 mln 640 ming 550 so‘m miqdoridagi pullar noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O.S. ismli fuqaroning bank kartasidan pullarini o‘g‘irlagan shaxslar Sho‘rchi tumanida yashovchi Q.Sh. va A.S. ekanligi aniqlangan.
Hozirda tegishli idoralar tomomnidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter