Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. fuqaro D.U.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali subsidiya asosida ko‘p qavatli uylardan xonadon olib berishi evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring