Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta «grin karta»ni yuzdan ortiq fuqaroga pullaganlar ushlandi

Soxta «grin karta»ni yuzdan ortiq fuqaroga pullaganlar ushlandi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 3 nafar fuqaro yuz nafardan ortiq kishiga soxta «Green card» hujjatlarini sotgan.

Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqarolar – D.R, A.G‘ va R.N lar o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda 103 nafar jabrlanuvchini o‘zlari tayyorlagan soxta hujjatlar asosida AQShga borishi uchun «Green card» lotereyasidan yutuq chiqqanligiga ishontirib, aldash yo‘li bilan ularning jami 2 mlrd 597 mln so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tumani sudining tegishli hukmiga ko‘ra, D.R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Mahkum D.R.ning jazoni o‘tashiga monelik qiladigan og‘ir kasallikka chalingani sababli, unga nisbatan hukm bilan tayinlangan jazoning ijrosi 4 oyga kechiktirilgan. Jizzax viloyati sudi apellyasiya instansiyasining tegishli ajrimiga ko‘ra, sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Sud qarorlarining qonuniyligi o‘rganilganda, protest keltirish uchun asoslar topilmagan.

Bundan tashqari, A.G‘. va R.N. lar tergovdan yashiringanligi sababli, ularga nisbatan sudning ajrimiga ko‘ra, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring