Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlash oqibatida tabiatga 368 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlash oqibatida tabiatga 368 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

19–20-aprel kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi nazorat inspeksiyasi hamda Sirdaryo viloyati davlat ekologik inspektorlari hamkorligida Sirdaryo daryosining turli nuqtalarda noqonuniy baliq ovlash holatlariga qarshi maxsus nazorat tadbirlari o‘tkazildi.                                                                                                                                            
Ushbu reydlar aholi murojaatlari asosida tashkil etildi. Ayniqsa, baliqlarning urug‘lanish mavsumida brakonerlar tomonidan elektr qarmoq va noqonuniy to‘rlar (leskali to‘rlar)dan foydalanish holatlarini bartaraf etish maqsad qilingan.Tadbir natijasida daryodan umumiy uzunligi 1000 metrga yaqin bo‘lgan, noqonuniy o‘rnatilgan 20 ga yaqin leskali to‘rlar aniqlanib, yig‘ib olindi. Ular belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 2 nafar huquqbuzar elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan paytda ushlandi.                                                                                                                   
Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida 1 dona alyuminiy qayiq, motor, 2 dona akkumulyator, elektr qarmoq, turli ov vositalari va 21 dona turli xildagi baliq musodara qilindi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa 368 million 437 ming 500 so‘mni tashkil etgan.                                                                                             

Barcha huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ekologiya vazirligi fuqarolarni tabiiy resurslarni asrashda faol ishtirok etishga, hamda faqat belgilangan qoidalar asosida baliq ovlashga chaqirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring