Shu yilning 10 oyida necha kishiga pensiya tayinlangani aytildi

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida necha nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangani haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida 250 616 nafar fuqarolarga yangi pensiyalar tayinlangan.
Shundan:
- 197 832 nafar fuqarolarga yoshga doir pensiya;
- 37 388 nafar fuqarolarga nogironlik pensiyasi;
- 15 396 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter