Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karimning yoqilishi voqeasiga munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karimning yoqilishi voqeasiga munosabat bildirdi

Prezident Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi.

«Ayni vaqtda biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz.

Jumladan, yaqinda Shvetsiyada sodir etilgan, muqaddas Qur’oni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz.

Yer yuzidagi millionlab insonlarning dinu diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», – deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, 27-iyun, Qurbon hayiti kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida iroqlik muhojir shahar bosh masjidi oldida muqaddas Qur’on kitobini omma oldida yoqib yuborgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring