Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratmoqchi
Bugun, 30 may kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’yezdi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zLiDePning ishtiroki va saylovda partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilinyapti.
Mazkur partiyadan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishida saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishini ta’kidladi.
Shuningdek, buning uchun har yili 200 milliard so‘m ajratilishini, dunyodagi «Top-500»ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va «ikki diplomli tizim» joriy etilishini bildirdi.
«Bundan tashqari, bio-texnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboramiz. Buning uchun, 200 million dollar yo‘naltiramiz.
Kelgusi yetti yilda esa ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi», – deydi Mirziyoyev.
Amaldagi davlat rahbari, shuningdek, sog‘lom va barkamol yoshlarni hal qiluvchi kuch deb bilishini ta’kidlab, ularning bilim, madaniyat, san’at va sport bo‘yicha salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish borasida ham yangi tizim yaratishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 may kuni XDP hamda «Adolat» SDPlarning ham qurultoyi bo‘lib o‘tgan va prezidentlikka nomzodlar hamda ularning saylovoldi dasturlari tasdiqlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter