Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatorlar poraxo‘rlik uchun 20 yilgacha qamoq belgilanayotgan qonunni ham ma’qulladi  

Senatorlar poraxo‘rlik uchun 20 yilgacha qamoq belgilanayotgan qonunni ham ma’qulladi  

Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonun Senat tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Aksilkorrupsiya agentligi Akmal Burxanov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Senat:

  • Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda) hamda Hokimiyat harakatsizligi (208-modda) jinoyatlari g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa,  besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
  • pora olganlik (210-modda), pora berganlik (211-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilganlik (212-modda) uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishiga oid hujjatni qabul qilgan.

«Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi «Korrupsiyaga oid jinoyatlar» atamasi bilan to‘ldirilmoqda va 16 ta moddada nazarda tutilgan jinoyatlar (167-modda uchinchi qismi «d» bandi, 168-modda to‘rtinchi qismi «g» bandi, 192-9, 192-10-moddalari, 192-11-modda ikkinchi qismi «v» bandi, 205-modda ikkinchi qismi «v» bandi, 206-modda ikkinchi qismi «v» bandi, 208-modda ikkinchi qismi, 209-modda ikkinchi qismi «v» bandi, 210, 211, 212, 213, 214-moddalari va 301-modda ikkinchi qismi «b» bandi) shuningdek, 243-moddada nazarda tutilgan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida e’tirof etilmoqda», – deb yozmoqda Akmal Burxanov.

Shuningdek, poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.

Ma’lumot uchun, qonun Prezident tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring